Categories
Savol-javob

Malaka toifasi

Menga ikkinchi malaka toifasi beriladimi?

#savol

Assalomu alaykum.Men boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib 31 yildan buyon ishlab kelmoqdaman. Lekin,o’rta maxsus ma’lumotga ega edim. Ayni damda 51 yoshimda Andijon Davlat Universitetini sirtdan tamomladim.2021- yilda oliy ma’lumotga erishdim. Bugun Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646- sonli qarorini o’qib, OTM ni tamomlagan oliy ma’lumotli pedagogga to’g’ridan to’g’ri 2- toifa berilsin degan bandni tushundim va bu haqda rahbariyatimga aytdim. Ular,bunday emas,deb rad etishdi. Iltimos,oydinlik kiritib bersangiz.

#javob

Yuqorida siz aytib o’tgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son “Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandiga asosan, oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi beriladi. Qarorga muvofiq magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek, oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) beriladi.